Bekxemning jamoasi "Zenit"ning 2 nafar futbolchisiga qiziqib qoldi
Yangi mavsumdan e’tiboran MLSda ishtirok etadigan va angliyalik mashhur futbol yulduzi Devid Bekxemga tegishliligi aytiladigan "Inter Mayami" klubi Evropa klublaridan futbolchilar ko‘zlamoqda.
Xabarlarga qaraganda AQShliklarning bu boradagi e’tibori Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi yarim himoyachisi Matias Kranevitter va hujumchisi Sebastyan Driussilarga tushgan. Ular ushbu ikki futbolchi uchun rus klubiga jami 30 mln dollar taklif qilishga tayyor. Ta’kidlash kerakki, “Inter Mayami” ushbu futbolchilar borasida rasmiy taklif bilan chiqqan va bu qishki transferlar davrida ijobiy yakun topishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli Driusi joriy mavsum “Zenit” safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 26 yoshli Kranevitter esa bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.
Fikrlar