Bekxemning o‘g‘li otasini uyaltirdi

  • 19.01.2021 18:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya futboli yulduzi Devid Bekxemning o‘g‘li Kruz eski kiyimni 124 ming evroga sotmoqchi bo‘lgani uchun keskin tanqidga uchradi.

15 yoshli o‘smir bir necha yil muqaddam taniqli dizayner Kim Jonson tomonidan sovg‘a qilingan sviterni auktsionga qo‘ygan. Bu sviter 2017 yilda cheklangan miqdorida ishlab chiqilgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Kruz sviterning boshlang‘ich narxini 37000 evroga baholadigan hayratga tushgan. Bu kiyimni  darrov sotib oladigan xaridor 124 million evro to‘lashi kerak bo‘lgan.

Muxlislar Devid Bekxem o‘g‘lini munosib tarbiya qila olmagan va taltaytirib yuborgan, degan fikrlarni ilgari surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!