
Belal Muhammad kim bilan jang qilishni xohlaydi?
Yarim o‘rta vaznda UFC chempioni Belal Muhammad (24-3-1 N/C) kamarning birinchi himoyasini sobiq chempion Kamaru Usman(20-4)ga qarshi o‘tkazmoqchi emas. U Shavkat Rahmonov (18-0) bilan jangni afzal ko‘rmoqda.
"Ayni paytda Shavkat bilan jang qilganim ma’qul. Chunki u mag‘lubiyatsiz seriya qayd etmoqda. Agar o‘zaro bahsda Rahmonovni ensam, ba’zilarning og‘zi yopiladi. Usmanga kelsak, u qatorasiga uch bor mag‘lubiyatga uchradi. Ehtimol yosh ham bunga ta’sir qilgandir. Har holda u avvalgidek kuchga ega emas. Menimcha, titul jangiga loyiq bo‘lish uchun Kamaruga bitta ajoyib g‘alaba kerak", - dedi amaldagi UFC chempioni.
Eslatib o‘tamiz, Belal Muhammad "UFC 304" turnirida Leon Edvardsni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra engib, UFC kamariga ega chiqqandi.
Fikrlar