Belarus chempionati. "Energetik-BGU" ochko yo‘qotdi (video)
Hozirgina Belarus Oliy ligasi 25-turidan o‘rin olgan "Energetik-BGU" hamda "Isloch" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. "Gorodskoy" stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi — 1:1.
Mezbonlar safida hamyurtimiz Shahboz Umarov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 72-daqiqada zaxiraga olindi. Yana bir yurtdoshimiz Humoyunmirzo Iminov esa 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Bugungi durangdan so‘ng minskliklar hisobidagi ochkolar soni 35 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar