Belarus. "Energetik-BGU" "Vitebsk" mehmoni bo‘ldi

Belarus Oliy ligasida 26-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Shahboz Umarov hamda Humoyunmirzo Iminov o‘ynayotgan "Energetik-BGU" jamoasi safarda "Vitebsk" klubiga qarshi bahs olib bordi.

Qiziqarli tarzda kechgan uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Umarov 90 daqiqa to‘p tepgan bo‘lsa, Iminov 69-daqiqada zaxiraga olindi.

Shu tariqa, minskliklar hisobidagi ochkolar soni 35 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalidagi 16 klub orasida 9-o‘rinni egallab turibdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!