Belgiya terma jamoasi ustozi "Barselona"ni boshqarishi mumkin

  • 21 sentabr, 2021, 20:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines o‘z ish joyini o‘zgartirishi mumkin.

Goal nashri tarqatgan xabarga qaraganda, ispaniyalik mutaxassisning Belgiya futbol federatsiyasi bilan tuzgan shartnomasida ushbu kelishuvni bir tomonlama bekor qilish mumkin bo‘lgan band mavjud bo‘lib, shu bois u terma jamoadan istagan paytida hech qanday tovon pulisiz ketishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, “Barsa” bosh murabbiyligi uchun Xavi nomzodi favorit deya e’tirof etilmoqda, biroq kataloniyaliklarda bundan boshqa yana bir nechta mutaxassislar nomzodi ham mavjud.

Ayni damda "Barselona" qator muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng amaldagi bosh murabbiy Ronald Kumanga munosib o‘rinbosar qidirishni boshlab yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!