
"Bellator 244" asosiy kardining ilk jangi yakunlandi
AQShning Ankasvill shahri mezbonlik qilayotgan "Bellator 244" turnirining asosiy kard janglarini mezbonlar Endryu Kepel va Jon Salter to‘qnashuvi boshlab berdi. O‘rta vazn toifasida (83.91 kg) o‘z janglarini o‘tkazadigan har ikki jangchi o‘rtasidagi bahsda Salter uchinchi raundning o‘rtalarida "sabmishn" (bo‘g‘ish uslubi ) evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shunday qilib, Jon Salter faoliyatidagi 18-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Yana oldinda bizni bir nechta qiziqarli janglar kutib turibdi.
Fikrlar