Bellingemni oladiganlar “Real”ga katta summa taklif qila boshladi

  • 29.01.2026 18:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” etakchilaridan hisoblangan angliyalik yarim himoyachi Jud Bellingem faoliyatini oʻz yurtida davom ettirish imkoniga ega. El Nacional nashri maʼlumotiga koʻra, soʻnggi bir  hafta ichida Angliya Premier-ligasining nomi oshkor etilmagan bir nechta klublari havbek transferi uchun 100 million evrodan oshadigan takliflar bilan chiqa boshlandi

Madrid klubi rahbariyati Bellingemning oʻyini sezilarli darajada yaxshilanmasa, oʻyinchi boʻyicha bildirilayotgan takliflardan birini qabul qilish imkoniyatini koʻrib chiqishi mumkin.

Jud Bellingem “Real”ga 2023 yilda Dortmundning “Borussiya”sidan 127 million evro evaziga oʻtgan edi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi madridliklar safida barcha musobaqalarda 27 ta oʻyin oʻtkazib, oltita gol urdi va toʻrtta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!