
Bellingemning transferi klubga katta pul olib keladi
“Real”ga ko‘chib o‘tgan Jud Bellingem bugungi kunda dunyoning eng zo‘r va eng qimmat o‘yinchilaridan hisoblanadii.
Ayni paytda ko‘pchilik Judning ukasi Jobga e’tibor qaratmoqda. 18 yoshli yarim himoyachi hozir Chempionshipda “Sanderlend” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Mutaxassislar uni Angliyaning eng iqtidorli o‘yinlaridan biri sifatida e’tirof etmoqda.
“Birmingem” jamoasining sobiq futbolchisi Troy Dini Jobning kelajakdagi faoliyati akasinikidek yorqin chiqishiga ishonch bildiryapti.
- Job o‘tgan yozda “Birmingem”dan “Sanderlend”ga o‘tganidan beri hujumkor futbolchi pozitsiyasida o‘ynayapti. Ustozlari Jobning asosiy yutug‘i hamma narsani o‘rganishga ishtiyoqi balandligida ekanini ta’kidladi.
“Sanderlend” Bellingem uchun bir yarim million funt to‘lagan. Vaqti kelib bu pullar bir necha o‘n baravar ortig‘i bilan qaytadi, - dedi Troy Dini.
Fikrlar