Ben Askren: "Kamaru Usmon Islom Maxachevga qarshi jangga loyiq emas"

  • 25.12.2025 16:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Amerikalik MMA ustasi Ben Askren nigeriyalik Kamaru Usman va rossiyalik Islom Maxachev o‘rtasidagi bahsga munosabat bildirdi.

"Usman haqiqatan ham Maxachev bilan jangga loyiq emas. To‘g‘ri, u uzoq vaqt davomida chempionlikni saqlab turdi, biroq o‘shandan beri ancha vaqt o‘tdi. Kamaru bir necha bor mag‘lubiyatga ham uchradi. Menimcha, yarim o‘rta vazn toifasidagi boshqa yigitlar chempionlik imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun etarlicha harakat qilishdi", - dedi Askren.

Eslatib o‘tamiz, Usman "UFC on ESPN 69" turnirida Xoakin Baklini hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!