"Benfika" prezidenti Karreras transferi haqida: "Real" bilan kelishuvga erisha olmadik"

  • 15.06.2025 14:57
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Benfika" prezidenti Ruy Koshta "Real Madrid" bilan chap qanot himoyachi Alvaro Karrreras bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tganini tasdiqladi. Biroq u ikki klub o‘rtasida futbolchining transferi borasida kelishuvga erishilmaganini ma’lum qildi.

"Karrreras biz bilan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi. U – "Benfika" futbolchisi. Biz "Real" bilan u bo‘yicha hech qanday kelishuvga erishmadik. Takliflar bo‘ldi, lekin ular bizga ma’qul kelmadi", — Koshtaning so‘zlarini keltiradi Marca.

Avvalroq OAVda "qirollik klubi" Karrrerasning transferi uchun 45 million evro to‘lashga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, 22 yoshli futbolchi 14 iyun kechasi boshlanadigan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Real" tarkibida o‘ynashi mumkinligi ta’kidlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!