
Benteke Krimetsga jamoadosh bo‘lishi mumkin edi, ammo...
Angliyaning “Kristal Pelas” klubi hujumchisi Kristian Benteke hamyurtimiz Egor Krimets to‘p suradigan Xitoyning “Beyjin Goan” jamoasidan bo‘lgan taklifni rad etdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra xitoyliklar Bentekega 40 million funtlik shartnoma taklif qilishgan, ammo belgiyalik futbolchi “Kristal Pelas”ni tark etmoqchi emas. Aytish kerakki, 26 yoshli futbolchiga “Beyjin Goan”dan tashqari yana bir nechta Xitoy klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Benteke o‘tgan yilning yozida “Liverpul”dan “Kristal Pelas”ga 27 million funt evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U bu mavsum premer-ligada 17ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, “Kristal Pelas” kecha APLning 20-turida o‘z maydonida “Suonsi”ga (1:2) imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Fikrlar