Benzema 28 yil ichida "Barselona"ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan birinchi "Real" futbolchisi bo‘ldi

  • 06.04.2023 14:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya kubogi yarim finalining javob o‘yinida "Real" "Barsa" ustidan yirik g‘alabaga erishib (4:0), final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. "Qaymoqranglilar" hujumchisi Karim Benzema "Kamp Nou"da raqib darvozasiga uch marta gol kiritdi.

"The Athletic" nashri xabariga ko‘ra, Benzemaning mazkur xet-trigi "Real" futbolchilari uchun "Barselona"ga qarshi 1995 yildan buyon birinchisi bo‘ldi. O‘sha yili Ivan Zamorano kataloniyaliklarga qarshi bahsda uch marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" Ispaniya kubogi finalida "Osasuna" bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!