Berinchik WBO chempionini jangga chorladi
WBO yo‘nalishi bo‘yicha engil vazn toifasida amaldagi jahon chempioni Denis Berinchik(19-0, 9 KO) WBC yo‘nalishi bo‘yicha ushbu vaznda jahon chempioni Shakur Stivenson(21-0, 10 KO)ga raqiblik qilishga qaror qildi.
“Salom Shakur. Nima gaplar ? Bilasanmi, men sen bilan jang qilmoqchiman. Sening kamaring – menga tegishli”, — dedi Berinchik o‘zining ijtimoiy tarmoqlariga joylagan videosida.
Ma’lumot uchun, Denis Berinchik engil vazn toifasida Emanuel Navarretni ochkolar evaziga mag‘lub etib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi. Berinchik bu qarama-qarshilikda yaqqol autsayder hisoblansa-da, yakunda mini-sensatsiya yarata olgan.
Fikrlar