Bernal "Atletiko"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin
"Barselona" yarim himoyachisi Mark Bernal Madridning "Atletiko"siga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final javob uchrashuvida ishtirok etmasligi mumkin.
18 yoshli futbolchi oy boshida to'pig'idan jarohat olgani sabab so'nggi ikki o'yinni o'tkazib yuborgan edi. "Diario AS" ma'lumotiga ko'ra, u hali to'liq tiklanishga ulgurmagan.
Shu sababli Bernal yo og'riq qoldiruvchi dorilar ta'sirida maydonga tushishi yoki umuman o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. Bosh murabbiy Xans-Diter Flik futbolchining sog'ligini xavf ostiga qo'ymaslik tarafdori bo'lib, uning tez qaytishini majburiy ravishda tezlashtirmoqchi emas.
Yakuniy qaror dushanba kuni qabul qilinadi.
Eslatib o'tamiz, birinchi o'yinda "Barselona" o'z maydonida "Atletiko"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan. Javob uchrashuvi 14 aprel, seshanba kuni bo'lib o'tadi.

Fikrlar