Bernardu: "Men, albatta, kelasi mavsumda "Manchester Siti"da bo‘laman"

  • 18 iyun, 13:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti"ning hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva keyingi mavsumda jamoada qolish-qolmasligini aytdi. Futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi.

Tecno

"Men, albatta, kelasi mavsumda "Manchester Siti"da bo‘laman. Men qolaman, o‘tgan yili ham, bu yil ham variantlarim bor edi, lekin mening tanlovim "Manchester Siti"da qolish", - deya Silva so‘zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.

Ma’lumot uchun, Silva 2017 yildan buyon ingliz grandi safida to‘p tepmoqda. Joriy mavsumda u 49ta o‘yinda 5ta gol urdi va 4ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!