Bernardu Silva "Barselona"ga o'tishga rozi, qaror Flikka bog'liq
"Barselona" portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silvaning atrofidagi vakillar bilan transfer borasida kelishuvga erishdi. Biroq yakuniy qarorni jamoa bosh murabbiyi Xansi Flik qabul qiladi. Bu haqida "Tot Costa" xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, "Manchester Siti" futbolchisi kataloniya klubiga oʻtishni juda istamoqda va transferni osonlashtirish maqsadida maoshini sezilarli darajada kamaytirishga ham tayyor.
Futbolchining agenti Jorje Mendes ham mijozi "Barselona" safida oʻynashga tayyor ekanini tasdiqlagan.
Shu bilan birga, klub tarkib rejalashtirilishi boʻyicha yakuniy baholashni amalga oshirish uchun biroz vaqt soʻragan.
Avvalroq ayrim manbalar Xansi Flik ushbu transferni qoʻllab-quvvatlayotganini, endi esa soʻnggi qaror Silva va uning vakillariga bogʻliqligini xabar qilgan edi.
Manbalarga koʻra, yaqin soatlar 31 yoshli yarim himoyachining kelajagini hal qilishi mumkin. Bernardu Silva "Manchester Siti"ni erkin agent sifatida tark etadi.

Fikrlar