Bernardu Silva madridliklarni xafa qildi

  • 03.06.2026 08:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti”dagi faoliyatini yakunlagan Bernardu Silva ayni paytda faoliyatini qaysi klubda davom ettirish bo‘yicha bir qarorga kelishi kerak. Portugaliyalik pleymeyker o‘ziga tushgan takliflarni birma-bir ko‘rib chiqmoqda.

Xususan, Madrid shahri sharafini himoya qilayotgan “Atletiko” klubi ham Bernardu Silvani hamkorlikka chorlagan edi. Ko‘rinishidan, bu transfer amalga oshmaydi.

“Matraschilar” 31 yoshli futbolchiga asosiy da’vogarlardan hisoblangan, muzokara olib borgan, ammo uni o‘z safiga qo‘shilishga ko‘ndira olmagan.

Jurnalist Xerard Romero ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan, Bernardu Silva “Atletiko”ga  rad javobini bergan.

Yarim himoyachi uchun faoliyatini davom ettirishning ustuvor varianti hozir ham “Barselona” bo‘lib qolmoqda.

Ayni vaqtda futbolchi kataloniyaliklar transferni yakunlashini kutmoqda.

Silva “Manchester Siti”ni erkin agent maqomida tark etdi. U “shaharliklar” safida to‘qqiz yil to‘p surdi va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!