“Beshiktoш” Italiyaga yuzlandi: Shu ligada zo‘r o‘yinchi bor
Mamlakat Superligasi va Turkiya kubogida muvaffaqiyatga erisha olmaganidan so‘ng, “Beshiktosh” bor e’tiborini tarkibni kuchaytirishga qaratadigan bo‘ldi.
Turk klubi nishoniga hozirda A Seriyada “Bolonya” jamoasi safida to‘p surayotgan italyalik qanot hujumchisi Rikkardo Orsolini tushdi.
“Fanatik” nashriga ko‘ra, “Qora burgutlar” yangi mavsum oldidan transfer rejalari doirasida 29 yoshli futbolchini yaqinidan kuzatmoqda.
Xabarlarga qaraganda, “Beshiktosh” klubi vakili Orsolining holatini yaqinidan baholash va uni kuzatish maqsadida “Bolonya”ning uchrashuvlariga yuboriladi.

Fikrlar