Beterbiev va Bivol o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 25 yanvar, 2024, 16:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

 Yarim og‘ir vaznda WBC, WBO va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Artur Beterbiev(20-0, 20 KO) va WBA kamari sohibi Dmitriy Bivol o‘rtasidagi (22-0, 11KO) jang sanasi aniq. Taniqli insayder Den Rafaelning so‘zlariga ko‘ra, ular o‘rtasidagi uchrashuv 1 iyun kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi.

Tecno

"Manbalarga ko‘ra, yarim og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Beterbiev va Bivol kamar uchun kurash bo‘yicha hali shartnoma imzolanmagan, ammo bu yo‘lda hech qanday to‘siqlar yo‘q. Jang 1 iyun kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan”, — deb yozadi Rafael X da.

Eslatib o‘tamiz, 13 yanvar kuni Beterbiev Kallum Smitni ettinchi raundda nokautga uchratib, chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi. Bivolga kelsak, uch hafta oldin u WBA kamarini himoya qilgan Lindon Artur ustidan g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!