Beyl yanvarda Madridni tark etmoqchi. U "Real"ning Xitoy klublari bilan muzokaralar o‘tkazishini xohlamoqda

  • 5 noyabr, 2019, 00:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl jamoani tark etishni istamoqda.

Xabarga ko‘ra, Beyl Madridni yanvar oyidayoq tark etishni juda ham xohlamoqda va jamoa Xitoy klublaridan bo‘lgan taklifni ko‘rib chiqishini istamoqda.

Ma’lumotlarda, Beyl "Real" safida boshqa maydonga tushmasligi mumkinligi haqida ham xabar berilmoqda.

Avvalroq, "Real" "Manchester Siti" futbolchisi Sterlingni transferi uchun Beylni qo‘shib berishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, La Liganing joriy mavsumida Beyl 6 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!