Beylning omadi bor ekan
Buyuk Britaniya Evropa Ittifoqidan chiqib ketganiga qaramay, "Real"ning uelslik hujumchisi Garet Beyl Ispaniya chempionatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda, bunday ruxsat “Breksit”dan oldin shartnoma tuzgan barcha britaniyaliklar uchun amal qiladi. Endi "Real" legionerlar limiti sabab Beyl va braziliyalik Rodrigo Goes o‘rtasida tanlov qilishi shart emas.
Avvalroq, "Real" yozgi transfer oynasida 31 yoshli Beylni sotishga tayyorligi haqida xabar berilgandi. Uelslik futbolchining "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.
Beyl o‘tgan mavsumni “Tottenxem” safida ijarada o‘tkazgan va APLda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 ta gol yozdirib qo‘ygan edi.
Fikrlar