Bilasizmi? "Lokomotiv" 2017 yildan buyon ilk bor o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi

  • 16 iyun, 2020, 16:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

13-15 iyun kunlari Coca Cola Superligasida 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor. “Metallurg” o‘z tarixida birinchi bor “Lokomotiv”ni safarda mag‘lubiyatga uchratdi. Hisob esa yirik ko‘rinish oldi. E’tiboringizga, “Lokomotiv” – “Metallurg” uchrashuviga oid ba’zi ma’lumotlarni havola etamiz.

Tecno

Bekobodliklar yarim himoyachisi Doniyor Narzullaev "Lokomotiv" bilan uchrashuvda barcha uchala golda assistent sifatida faolligi bilan ajralib turdi.

"Lokomotiv" klubi o‘z maydonida so‘nggi bor 2017 yilgi mavsumda mag‘lub bo‘lgan edi. 2018 va 2019 yilgi chempionatlarda "temiryo‘lchilar" o‘z stadionlarida hech kimga yutqazishmagandi. "Metallurg" "Lokomotiv"ning o‘z maydonidagi 35 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘ydi.

"Metallurg" futbolchisi Abror Toshqo‘ziev "Lokomotiv" bilan o‘yinda zaxiradan maydonga tushganidan 42 soniya o‘tgach gol urishga erishdi.

E’tiborlisi Andrey Shipilov maydonga tushirgan yana bir futbolchi Shahzod Ubaydullaev ham "temiryo‘lchilar" darvozasiga to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!