
Bilasizmi? Matyuidi "Barselona"ga qarshi o‘yindan so‘ng faoliyatini yakunlashi mumkin edi
Frantsiyalik yarim himoyachi Blez Matyuidi 2017 yilning 8 mart kuni “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan “Barseloan” – PSJ (6:1) bahsidan so‘ng faoliyatini yakunlamoqchi bo‘lgani haqida gapirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘shanda PSJ garchi o‘z maydonida “Barsa”ni 4:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsada, javob bahsida kutilmaganda 6:1 hisobida imkoniyatni boy bergan va musobaqa bilan xayrlashgan edi.
“O‘sha payt menga oson emas edi. Shu kuni kiyim almashtirish xonasida bunday bo‘lishi mumkin emasligi va boshqa futbol o‘ynamasligim haqida o‘zimga-o‘zim so‘z bergandim. Bo‘lib o‘tgan voqealar men uchun juda sharmandali tuyulgandi”, - deydi Matyuudi.
Fikrlar