Asosiy mazmunga oʻtish

Qishgi sport turlari

"Binokor" rossiyalik ikki xokkeychini o‘z safiga qo‘shib oldi

Shahzod
Izohlar: 1

Toshkentning "Binokor" klubi Qozog‘iston chempionatida ishtirok etishi mumkinligi borasida xabar bergan edik.

Yangi mavsum oldidan esa jamoa o‘z safiga ikki nafar rossiyalik xokkeychilarni o‘z safiga qo‘shib oldi, deya xabar bermoqda shaiba.kz nashri. Bular Stanislav Kevlin va Egor Studyonovlardir.

Ma’lumot uchun, hujumchi ampluasida shayba suradigan Kevlin bunga qadar Yoshlar xokkey ligasi (MXL)da faoliyat olib boradigan "Krilya Sovetov" klubi safida 56 bahsda ishtirok etib, 30 ochko yiqqan (9+21). 

Himoyachi Studyonov esa o‘tgan mavsum Saratovning "Kristall" jamoasi tarkibida 22 bahsda muz maydoniga tushib, 2 ta shayba kiritgan va yana to‘rttasiga assistentlik qilgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q