"Bir nechta dunyo miqyosida yaxshi tanilgan o‘zbek futbolchilari bor" - Oskar

  • 9 noyabr, 2023, 12:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sports.uz ciz aziz o‘quvchilar uchun xorijlik mutaxassislar bilan eksklyuziv suhbatlarni havola etishda davom etadi. Bu safar ispaniyalik mutaxassis Oskar Bruzon bizning “mehmonimiz”.

46 yoshli murabbiy Ispaniyaning Vigo shahridan. O‘z vaqtida “Selta”, “Malorka” singari klublarda faoliyat olib borgan. Keyinchalik taqdir uni Osiyo tomonlarga etakladi. Jumladan, “Mumbay Siti”, “Nyu Radiant” kabi jamoalarda ishladi. Oxirgi 5 yildan beri Bangladeshning birinchi raqamli klubi – “Bashuxandra Kingz” jamoasini boshqarib kelmoqda.

Oskar Bruzon Bangladesh futbolini rivojlantirish yo‘lida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashmoqda. Hozirda uning jamoasida hamyurtlarimiz Asror G‘ofurov bilan Bobur Yo‘ldoshev to‘p surishmoqda.

- Janob Bruzon, jamoangizda ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi to‘p suryapti. Ular sizning ishonchingizni qanchalik oqlamoqdalar?

- Asror G‘ofurov va Bobur Yo‘ldoshev – bular “Bashuxandra” klubida to‘p surayotgan o‘zbek futbolchilarimiz. Ikkalasi ham biz xohlagan darajada o‘yin ko‘rsatishyapti. Ulardan kutayotganimiz shunchaki, jismoniy kuch, to‘g‘ri fikrlash, tajriba. Bizning ishchan muhitimizda pozitiv tarzda o‘zlarini ko‘rsata olishlarini xohlayapmiz va g‘oyamiz mana shunday.

 

oskar

- Yangi mavsumda ham G‘ofurov hamda Yo‘ldoshev bilan hamkorlikni davom ettirish rejasi bormi?

- Har ikkala futbolchi ham ushbu mavsum to‘liq jamoada o‘ynash uchun shartnomaga egalar. Bangladeshda chempionat endigina boshlandi. Bu o‘ziga xos pardani ochib beruvchi chempionat. Mustaqillik Kubogi va biz chempionlikni ham himoya qilyapmiz. Finalgacha chiqishga harakat qilamiz, buni maqsad qilganmiz. 15 dekabrda Kubokni yana o‘zimizniki qilib olishni xohlaymiz.

- Yana qaysi futbolchilarimiz bilan birga ishlashni istaysiz?

- Bir nechta dunyo miqyosida yaxshi tanilgan o‘zbek futbolchilari bor, buni bilaman. Misol uchun, Shomurodov, Shukurov, Masharipov. O‘z jamoamiz uchun tahlil qilamiz, kuzatib boramiz. Osiyolik futbolchilarni jalb qilishga harakat qilamiz. Imkon qadar ko‘proq himoyachilar yoki himoyaviy yarim himoyachilarni tarkibga qo‘shishga intilamiz. Chunki bu pozitsiyalar juda ham muhim. OFK va Bangladesh futbol federatsiyasi tomonidan qo‘yilgan limitlardan chetga chiqib ketmasligimiz kerak. Shu bois ko‘pincha himoyaviy o‘yinchilar bilan ushbu limitlarni to‘ldirishga harakat qilamiz.

oskar1

- Qo‘l ostingizdagi klub Bangladesh chempioni bo‘lgan va OFK Kubogida ishtirok etmoqda. U erda murabbiy sifatidagi rejalaringiz amalga oshyapti, shundaymi?

- Bizning klubimiz professional faoliyatini 2018 yilda boshladi. Shundan so‘ng biz barcha mahalliy musobaqalarni yutib kelyapmiz. Buning ichida ketma-ket 4 marta Bangladesh premer-ligasi chempionligi ham bor. So‘nggi uch marta OFK Kubogida qatnashganimizda afsuski, final bosqichiga yo‘l ololmadik. Bu kichik to‘siqlar va bir nechta gollar etishmovchiligi bilan sodir bo‘lgandi. Hozirgi kundagi missiyamiz – prezidentimiz janob Emrul Hasan bizga ma’lum qilganidek, va butun dunyoga ko‘rsatayotganidek, kuchli jamoa sifatida chegalarimizdan tashqariga chiqishni ham xohlaymiz. Prezident ushbu g‘oyalarni amalga tatbiq etishda xizmat qiluvchi to‘g‘ri qadamlarni qo‘yyapti. Biz ushbu yangi maqsadlarga o‘rta muddatda etib borsak kerak, deb o‘ylayman.

- O‘zbek futboli deganda birinchi navbatda xayolingizga nima keladi?

- O‘zbekiston futboli qay darajada yaxshi rivojlaniish va tez ko‘tarilishi mumkinligiga haqiqiy namuna bo‘la oladi. Masalan, ularning rivojlanishi Markaziy Osiyodagi eng tez hamda barqarori hisoblanadi. Bundan tashqari, Janubiy Osiyoda ham O‘zbekiston darajasida futboli yaxshi rivojlanayotgan infratuzilmasini topish juda qiyin. Yosh tasnifida ajoyib platforma yo‘lga qo‘yilgan. Juda raqobatbardosh liga. Bunday misollar O‘zbekistonning Osiyodagi o‘rnini yildan-yilga ko‘tarilishida katta o‘rin tutmoqda. Mening nazarimda, o‘zbek futbolchilari o‘z pozitsiyalarida jismoniy va mental tomonidan eng kuchlilari hisoblanishadi. O‘ziga xos ijobiy hislatlari juda ham ko‘p.

oskar3

- Sizda yurtimizda ishlash imkoniyati bo‘lganmi?

- Men faxr bilan ayta olamanki, “Bashuxandra Kingz” jamoasida o‘z loyihasini boshlagan 2018 yildan beri ishlab kelaman. Mahalliy maydondagi muvaffaqiyatlarimizdan tashqari Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichida ham o‘ynashga muvaffaq bo‘ldik. Hozirgi paytda OFK Kubogining birinchi savatchasi uchun kurash olib boryapmiz. Guruhdagi ishtirokimizni davom ettiryapmiz. Shuningdek, murabbiy sifatida o‘z limitlarimizdan tashqariga chiqa olmasligimizni ham tushunaman. Titullar uchun kurashib, jamoa sifatida o‘sish orqali men klubni yuqori darajaga ko‘tarishning boshqa yo‘llarini izlashga harakat qilaman.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!