Biri yulduz, ikkinchisi vunderkind! “Real” tarkibni o‘zgartirish uchun ikki futbolchi tanladi

  • 02.02.2026 18:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi kelasi yoz tarkibda muayyan oʻzgarishlarga qoʻl urmoqchi. Oxirgi yillarda jamoani tark etgan Toni Kross va Luka Modrichning yoʻqligi oʻyin sifatiga taʼsir oʻtkazyapti.

“Real” rahbariyati maydon markazida ustunlikni taʼminlash uchun “Pari Sen-Jermen”dan portugaliyalik yarim himoyachi Vitinyani olishni anchadan beri moʻljallab yuribdi.

Ekspertlarning taʼkidlashicha, “Qirollik klubi”ga bu yulduzni olish oson boʻlmaydi.

AS nashrining xabar berishicha, ayni paytda madridliklar kelajakda imzolashi mumkin boʻlgan bir nechta yosh futbolchilarni ham belgilab qoʻygan. Ammo ispan grandi diqqatini eng koʻp tortgan oʻyinchi “AZ Alkmaar”ning 20 yoshli markaziy yarim himoyachisi Kes Smitdir.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, “Real” zamonaviy futbol talablariga javob beradigan yangi futbolchilar bilan tarkibni kuchaytirish zarurligini tushunib etgan va aynan mana shu yoʻnalishda ishlay boshlandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!