Birinchi davra "Navbahor" safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar kimligini bilasizmi? (Ro‘yxat)

  • 28 iyul, 2022, 18:27
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” klubi matbuot xizmati jamoaning 1-davrada qayd etgan statistik natijalari bilan tanishtirib bormoqda.

O‘zingizga ma’lum, “lochinlar” davralar oralig‘idagi tanaffusga turnir peshqadami sifatida chiqib ketishdi. Albatta, bunday ijobiy natijaga erishish ortida klub rahbariyati, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilarning ulkan mehnatlari samarasi yotibdi.

Ko‘pchilikka ma’lum, g‘alaba qozonishda maydonda harakat qiladigan o‘yinchilarning hissasi muhim omil sanaladi. Xo‘sh, “Navbahor”ning Superliga 1-davrasidagi bahslarida maydonda kim qancha harakat qildi?

Birinchi davra o‘yinlarida “Navbahor” tarkibida 18 nafar futbolchi maydonga tushdi. Ulardan 3 nafari, ya’ni, 31 yoshli tajribali darvozabon O‘tkir Yusupov, shuningdek, himoyachi Davronbek Hoshimov hamda serbiyalik yarim himoyachi Yovan Jokich ortda qolgan 13 ta bahsda to‘liq, ya’ni, 1170 daqiqa davomida maydonda to‘p tepishdi.

Bundan tashqari, yana 4 nafar futbolchi, Jamshid Iskanderov, Rustamjon Ashurmatov, Jamshid Boltaboev va Zoran Marushich ham 13 ta o‘yinda maydonda harakat qilishdi, ammo mazkur o‘yinchilar ayrim bahslarda alishtirildilar yoki zaxiradan maydonga tushdilar.

Quyida sizlarni “Navbahor” futbolchilarining joriy mavsumning 1-davrasidagi statistikasi bilan tanishtiramiz.

T/r

Futbolchi                                      

Ampluasi               

O‘yin

Daqiqa

1.

O‘tkir Yusupov

Dar.

13

1170

2.

Davronbek Hoshimov

Him.

13

1170

3.

Yovan Jokich

Him.

13

1170

4.

Jamshid Iskanderov

Yar.him.

13

1140

5.   

Rustamjon Ashurmatov

Him.

13

1080

6.

Jamshid Boltaboev

Yar.him.

13

1044

7.

Zoran Marushich

Huj.

13

1029

8.

Stanislav Andreev

Him.

12

869

9.

Azimjon Ahmedov

Yar.him.

11

767

10.

Igor Golban

Him.

10

761

11.

Boyan Tsiger

Him.

10

755

12.

Elguja Grigalashvili

Yar. him.

12

715

13.

Nurillo To‘xtasinov  

Yar.him.

10

422

14.

Islom Kenjaboev

Yar.him.

11

408

15.

Asadbek Sobirjonov

Yar.him

7

294

16.

Ehsoni Panshanbe

Yar.him.

7

75

17.

Andrey Sidorov

Huj.

4

65

18.

Ibrohim G‘anixonov

Huj.

4

14

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!