Birodar Abduraimov 76 yoshga to‘ldi

  • 14 may, 2019, 03:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Paxtakor" futbol klubi afsonasi Birodar Abduraimov 76 yoshga to‘lmoqda.

Tecno

Birodar Hasanovich 1943 yilning 14 may kunida Toshkent shahrida tavallud topgan. Bolaligidan millionlar o‘yinini sevib, futbol bilan shug‘ullanishni boshlagan Abduraimov 17 yoshidan "Paxtakor"ning asosiy tarkibida maydonga tushgan va debyut uchrashuvida "Qayrat" darvozasini ishg‘ol qilgan. "Paxtakor" uchun umumiy hisobda rekord miqdordagi o‘yinlarni o‘tkazgan - 358ta.

Shuningdek, "Spartak", TsSKA va "Meliorator" klublari sharafini himoya qilgan.

Murabbiylik faoliyatida O‘zbekistonning bir qator jamoalarida ishlagan. 1994 yil Osiyo o‘yinlarida milliy terma jamoamiz zafar quchganda murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan.

Birodar Abduraimov "O‘zbekiston Iftixori" faxriy unvoni laureati va "Shuhrat" medali sohibi sanaladi. Abduraimov 1968 yil SSSR chempionati oliy ligasi, 1972 yil SSSR chempionati birinchi ligasi to‘purariga aylangan. Chempionatlarda 106 gol urib, Grigoriy Fedotov klubi a’zosiga aylangan.

U yoshligida erkin kurash bilan shug‘ullanib, yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempioniga ham aylangan. Abduraimov namoyish etgan fintlar butun SSSR miqyosida mashhur sanalgan va uning o‘yinlarini ko‘rish uchun stadionga ko‘plab ishqibozlar tashrif buyurishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!