
Bisping Kolbi Kovingtonga ishonmayapti. Aksincha...
O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Maykl Bisping Shavkat Rahmonov va Kolbi Kovington o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Kovington Shavkat Rahmonovga qarshi jang qilishi mumkinligi haqida mish-mishlar bor. Bu ajoyib imkoniyat. Agar Kolbi Shavkatni mag‘lub etsa, hammani hayratga soladi. Men bunday g‘alaba unga chempionlik yo‘llanmasini kafolatlaydi, demoqchi emasman, lekin unda jiddiy dalil bo‘la oladi. Ammo Kovington uni mag‘lub eta oladimi? Bunga esa ozgina shubham bor", – dedi jangchi.
Fikrlar