
Bitta gol urgan hujumchi yangi jamoadan taklif oldi
“Tottenxem” klubi “Benfika”dan ijaraga olingan Karlos Vinisiusning transfer huquqini sotib olmaydigan bo‘ldi. 26 yoshli braziliyalik hujumchining o‘yini londonliklarga ma’qul kelmadi.
Bu vaziyatdan yaxshi hujumchi qidirayotgan “Vulverxempton” foydalanib qolishga harakat qilmoqda. “Bo‘rilar” yozda Vinisiusni transfer qilishni rejalashtirgan.
Vinisius joriy mavsumda “Tottenxem” asosiy tarkibiga kira olmadi. Jamoani kuchaytirishi kutilgan iste’dodli futbolchi premer-ligada atigi 9 ta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urdi xolos.
Fikrlar