Angliya klubi 60 million funtga futbolchi oladi

  • 13.04.2022 15:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Aston Villa” rahbariyati “Lids” yarim himoyachisi Kelvin Fillipsni klub tarixidagi rekord summaga sotib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

26 yoshli futbolchiga “Nyukasl” va “Vest Xem” ham da’vogarlik qilayotganga qaramay, birmingemliklar asosiy favorit sifatida e’tirof etilmoqda.

“Aston Villa” jamoa o‘yinini sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin bo‘lgan Fillips uchun 60 million funt sarflashni ma’qul ko‘rmoqda. Bundan tashqari, Angliya terma jamoasi o‘yinchisi uchun yiliga 10 million funt miqdorida maosh ham tayyorlab qo‘yilgan.

Qizig‘i shundaki, Kelvin Fillips joriy mavsumni  ko‘ngildagidek o‘tkaza olmayapti. Mohir yarim himoyachi jarohatlari ko‘payib ketgani bois, atigi 16 ta uchrashuvda qatnashdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!