Imkoniyati yuqori baholangan, biroq omad yetishmagan yoxud oʻz imkoniyatini toʻliq namoyish eta olmagan isteʼdodli bokschilarimiz kim edi?

  • 07.02.2026 10:28
  • Javohir Malikov
  • 1
  • Boks

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati terma jamoalarimiz bosh murabbiylari To‘lqin Qilichev va Elshod Rasulov bilan kichik suhbat uyushtirdi. Quyida uni to‘liq shaklda taqdim etamiz:

Imkoniyati yuqori baholangan, biroq omad kelmagan yoxud  o‘z imkoniyatini to‘liq namoyish eta olmagan iste’dodlar haqida so‘z yuritamiz. Bu borada dastlab, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev hamda ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Elshod Rasulovning fikrlari bilan qiziqdik. 

To‘lqin Qilichev: Alisher Rahimov, Dilshod Mahmudov, O‘ktam Rahmonov. Bular haqiqiy talant bo‘lgan. Biroq, o‘z darajasini to‘liq namoyon eta olishmagan. Ba’zi joylarda omad yetishmagan. Vaholanki, ularning imkoniyati juda yuqori edi.

Elshod Rasulov: Navoiylik Azizbek Ulug‘ov va Sardor Abdullaevlarni aytgan bo‘lardim. Ulug‘ov 54 kgda harakat qilardi. Juda iste’dodli va tezkor edi. Umuman unda bokschiga xos barcha xislatlar mavjud bo‘lgan. Negadir Azizbekka omad yetishmadi. Balki mehnat qilmagandir. Sardor ham og‘ir vazn toifasida yaxshiroq natijalar qayd etishga qodir edi. Bilasiz, yoshlar toifasida  o‘sha Tayson Fyurini ham yutgan. Menda shu ikkallasi. Uchinchi variantim yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
07/02/2026 13:48
Сергей Михайловдан кура кобилиятли боксчиларни бари соврин олган.
Михайловни Олимпиадага атайлаб олиб кетишмаган