Biz unutgan qahramon yangi safar oldida turibdi

  • 26 avgust, 2021, 19:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimnig "Latsio" klubida 5 yil avval to‘p surgan Felipe Anderson dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri bo‘lishi taxmin qilingan edi. 2016-yilda "Manchester Yunayted"ga qo‘yib yuborilmagach, 2 yildan so‘ng 38 million evroga "Vest Hem"ga sotib yuborildi. Hozir braziliyalik futbolchini "burgutlar" 3 million evro evaziga ortga qaytardi. Jamoaning so‘nggi yillardagi progressida Klaudio Lotitoning xizmatlari ulkan.

Tecno

"Latsio"ni bankrotlikdan qutqarib qolgan Lotito haqida ikki xil fikr bor. U istasa Sergey Milenkovich-Savichni 160 million evroga sotishdan bosh tortishi, De Vreyni erkin agent maqomida qo‘yib yuborishi mumkin. Marselo Belsa bilan yangi klub rejalari haqida gaplashib turib, 3 kundan so‘ng Sarrini klubga chorlashi odatiy xol. Klaudio qaysar inson bo‘libgina qolmay, muzokaralar chog‘ida kompramisga bormaydi.

Klubning sport direktori - Igli Tare o‘z topilmalari bilan barchani hayron qoldiradi. "Sevilya"da omadsiz mavsum o‘tkazgan Chiro Imobileni 9,5 million evro evaziga sotib olganida uni ko‘plar tanqid qilgan edi. "Liverpul"dan Lukas Leyva (6 million) va Luis Alberto (4 million) transferlari ham bunday katta foyda keltirishi hech kimning xayoliga ham kelmagani aniq.

34t34ut3u4t3

Ularni qo‘lga kiritishda katta rol ijro etgan Simone Indzagini ham unutmaslik kerak. Mutaxassis o‘z shogirdlarining imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalangan holda 5 yilda 3 ta sovringa ega chiqdi. Uning pressingsiz, vertikal paslarga suyanadigan futboli natija ko‘rsatgani rost. Ha aytgancha, Indzagi bilan Lotito deyarli bir yil muzokaralar olib borganiga qaramay, kelishuvga erisha olmadi.

k43okot3k4t43t

Indzagi o‘zidan so‘ng murakkab xarakterga ega o‘rtacha futbolchilardan tuzilgan kuchli jamoani qoldirdi. Lotito esa kutilmaganda Sarrini jamoa bosh murabbiyi etib tayinladi. Faoliyati davomida A Seriya va Evropa ligasida muvaffaqiyat qozongan mutaxassisning statusi Indzaginikidan balandroq ekanligi haqiqat. Qaysidir ma’noda, rimliklarga omad kulib boqdi, biroq tanlov 100 foiz o‘zini oqlashi dargumon.

Mauritsio "Napoli"da shu qadar chiroyli jamoa tuzdiki, hatto uning A Seriya romantiki deb atay boshlashdi. Aynan Sarri birinchilardan bo‘lib pressingni yorib o‘tib pozitsion hujum qilishni Italiyada trend darajasiga ko‘tardi. Uning jamoalari markazdagi pressingni paslar bilan engib o‘tgan holda, butun maydon bo‘ylab oldinga intilar, nisbatan kuchsizroq klublarga hech qanday imkoniyat qoldirmas edi.

Afsuski, "Napoli"da "Coach" hech qanday sovrin yutgani yo‘q. Uzoq masofaga cho‘ziladigan musobaqalarda Sarri ajoyib harakat qilishi mumkin, ammo pley-off bahslarida uslub pand berib qo‘ymoqda. "Atalanta", "Leyptsig" singari sistematik futbol oldida "Napoli" qiynaladi. "Real" yoki "Yuventus" singari kuchli ijrochilarga suyanadigan klublarga qarshi bahslarda "Napoli" raqibga hech narsa taklif qila olmadi. Murakkab o‘yinlarda Sarrining uslubi futbolchilarni qiynab qo‘yganini ko‘rdik.

tirjhijrthjrth

Shuningdek, Sarri "Napoli"ni yildan-yilga yaxshilab borgan. A Seriyada to‘plangan (82-84-91) ochkolar so‘zimizga isbot bo‘lishi aniq. Neapoldagi so‘nggi mavsumida 90+ ochko bilan chempion bo‘lishni uddalay olmagan "Napoli" Italiya tarixiga kirdi. Shu kunga qadar birorta italyan klubi 90 dan ortiq ball jamg‘arib kumush medallarga ega chiqmagan.

Sarri shogirdlaridan talab qiladigan futbolni o‘zlashtirish uchun ijrochilarga vaqt kerak. O‘z jarima maydonchasi ichidagi katta tezlik va butun maydon bo‘ylab pozitsion harakatga suyangan hujumlar uyushtirish Simone Indzagining barcha taktik printsiplariga zid keladi.

Simone "3-5-2" sxemasidan 5 yil ichida deyarli voz kechgani yo‘q. Uning rejasiga ko‘ra, qanot loteriallari butun maydonni berkitishi, hujum chog‘ida albatta raqib jarima maydonchasi ichida bo‘lishi shart. Sarrining jamoalarida hech qachon qanot himoyachilari hujumning asosiy kuchi sanalmagan. Boz ustiga, u asosan to‘p nazorati ustiga o‘yin quradi. Indzagi esa to‘liq paslarga suyangan qarshi hujumlarga asoslanadi. Bu "Latsio"ning u boshqaruvida Liganing to‘pni nazorat qilish bobida hech qachon 7 pog‘onadan tepaga ko‘tarilmaganini tushuntirib beradi. Sarri boshqargan 3 klub bu borada Italiyada tengsiz bo‘lishni uddalagan.

o5k4to4k5kt4

To‘g‘ri, professional futbolchilarni yangi uslubga moslashtirish mumkin, ammo bu vaqt talab etadi. Bu vaqtni Lotito "sigaretalar" kushandasiga beradimi? Mana kun tartibidagi asosiy savol! Ko‘ngliga kelgan ishni o‘ylab o‘tirmay amalga oshiradigan prezident Sarrining futboliga dosh bera oladimi?

Boz ustiga, 5 yil avval hammani hayron qoldirgan uslubga qarshi choralar hozir o‘ylab topilgan. To‘liq yopilib olgan jamoani dunyo darajasidagi ijrochilarning mahoratisiz "sindirish" imkonsiz. Barcha futbolchisi jarima maydonchasiga kelib olgan raqib oldida nima qilishini bilmay bir-birga to‘pni tashlab berayotgan "Latsio"ga qanchalar imkon beradi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!