Bizga aynan mana shu superfutbolchi mos
Yozda “Chelsi” yangi hujumkor yarim himoyachi qidirdi, Fermin Lopes, Morgan Rojers va Xavi Simonsni qo‘ldan boy bergach, klub “Brayton”dan Fakundo Buonanotteni ijaraga oldi.
Biroq argentinalik futbolchi uzoq muddatli echim bo‘lolmaydi va klub 2026 yilda bir nechta pozitsiyada o‘ynay oladigan universal hujumchini sotib olishga intilayapti.
“Yuventus” yulduzi Kenan Yildiz hozirda “Chelsi”ning ushbu pozitsiya uchun asosiy nomzodi hisoblanadi. Turin klubi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolgani bois, u kelasi yili APLga o‘tish imkonini ko‘rib chiqishga tayyor.
20 yoshli turkiyalik futbolchi “Bavariya” va “Yuventus” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini Turin klubida boshlagan.

Fikrlar