Bizga oʻt, besh yillik zoʻr shartnoma olasan!

  • 07.05.2026 07:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsum Angliya Premier-ligasida “Nyukasl” tarkibida porlayotgan Entoni Gordon Germaniya Bundesligasida ish topish variantiga ega.

Hujumkor futbolchini Bundesliganing eng qudratli klubi “Bavariya” sotib olmoqchi, deb xabar beradi Sky Sport nashri.

Manbaga ko‘ra, nemis top-klubi rahbariyati Gordon bilan besh yillik uzoq muddatli shartnoma tuzishga va yaxshi maosh to‘lashga tayyor.

Angliya tomoni o‘z futbolchisini sotishdan taxminan 90 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Joriy Angliya Premier-ligasi mavsumida 25 yoshli yarim himoyachi 26 ta o‘yinda ishtirok etgan. Entoni o‘z hisobiga oltita gol (uchtasi penaltiidan) va ikkita golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Gordonga Angliya va Ispaniya chempionatlaridagi grand klublardan ham manfaatlari takliflar kelib tushishda davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!