BMB - "Oil Star" uchrashuvida yuzaga kelgan bahsli vaziyat yuzasidan O‘FA Hakamlar qo‘mitasi qarori

  • 29 oktabr, 2024, 15:57
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zFHM matbuot xizmati futzal Oliy ligasi 1-turidan o‘rin olgan BMB – “Oil Star" o‘yinidagi bahsli vaziyat yuzasidan O‘FA Hakamlar qo‘mitasi qarorini ma’lum qildi. 

Futzal Oliy ligasi 1-turidan o‘rin olgan BMB - "Oil Star" bahsi hakamlari Anatoliy Rubakov va Nikita Afinogenov o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolari qoniqarsiz bahoga loyiq ko‘rildi. Unga ko‘ra, O‘FA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan Ekspert-hakamlar komissiyasining chiqargan xulosasi, uchrashuv nazoratchisining qo‘ygan bahosi inobatga olingan holda birinchi hakam Anatoliy Rubakovga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3 bo‘limning 3-bandlari va 4-bo‘limning  4.3 bandiga asosan, futzal Oliy ligasi uchrashuvlaridan yarim mavsumga chetlatish va quyi ligaga tushirish, o‘yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 100% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo‘llanildi.

Ikkinchi hakam Nikita Afinogenov Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3 bo‘limning 3-bandlari va 4-bo‘limning  4.3 bandiga asosan, futzal Oliy ligasidan ikkita turga chetlatish va o‘yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 100% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo‘llanildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!