Bo‘ldi, yanvarda "Barsa"dan ketaman!

  • 16.10.2026 07:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» himoyachisi Alehandro Balde qishki transfer oynasida klubni tark etish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Sport.es nashri xabariga ko‘ra, futbolchi bosh murabbiy Xansi-Diter Flik qo‘l ostida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega emasligidan norozi. Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi jamoaning o‘nta uchrashuvida maydonda jami 12 daqiqa to‘p surishga muvaffaq bo‘lgan, xolos.

Flik himoyaning chap qanotida asosan Joau Kanselu va Xavi Espartani ishonchli deb bilayotgani aytilmoqda. 

Shu boisdan Balde o‘zining jamoadagi kelajagi yuzasidan agent Jorje Mendes bilan maslahatlashib, qishda ketish variantlarini muhokama qilgan.

Alehandro Balde «Barselona» tarkibida 2022 yil yozidan beri harakat qilmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Himoyachining transfer qiymati taxminan 40 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!