Bob Arum:"Joshuaning ertagi tugadi"
Ahmadbek Eshmatov
Entoni chempionlik poygasidan chiqdimi?
"Top Rank" rahbari Bob Arum Entoni Joshuaning Daniel Dyubuadan uchralgan mag‘lubyatidan so‘ng chempionlik poygasiga qayta olmasligini aytdi.
"O‘sha kuni Joshuaning shunchaki omadi kelmadi, desam yanglishgan bo‘laman. U omadsiz kunda ham bunday yutqazmasligi kerak edi. O‘ylashimcha, bunga Entonining yoshi sabab bo‘ldi. Bokschida avvalgidek kuch yo‘q. Menimcha, uning ertagi tugadi", - dedi Arum "Fight Hub TV" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 21 oktyabr kuni Londonda o‘tkazilgan katta boks oqshomida Daniel Dyubua Entoni Joshuani 5-raundda nokautga uchratdi..


Izohlar (0)