Bobir Abdiholiqov "Nasaf" yig‘inida ishtirok etmoqda (foto)

  • 10 dekabr, 2022, 08:13
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Jahon chempionati o‘yinlari o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib borayotgan bir paytda Superliga klublari yangi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Xususan, "Nasaf" ham 2023 yilgi mavsum taraddudini boshladi. Qarshidagi o‘z bazasida shug‘ullanayotgan "ajdarlar" yig‘inida jamoaning sobiq futbolchisi Bobir Abdiholiqov ham qatnashmoqda. Klub matbuot xizmati taqdim etgan suratlarda "o‘zbek Pelesi"ni ko‘rish mumkin.

Katta ehtimol bilan hujumchi faoliyatini yana legioner sifatida davom ettiradi. Shunchaki ayni paytda uning "Energetik-BGU" bilan shartnomasi yakuniga etgan.

photo_2022-12-09_18-39-09

photo_2022-12-09_18-39-46

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!