Bobir Abdiholiqov "Raqiblarni hurmat qilamiz, ammmo hech biridan qo‘rqmaymiz"

  • 10 iyun, 2023, 00:09
  • 0
  • Futbol

Srechko Katanets boshliq O‘zbekiston terma jamoasi "Jar" stadionida yig‘in o‘tkazmoqda. Kecha terma jamoamiz yig‘iniga kelib qo‘shilgan legionerimiz Bobir Abdixoliqov "Ordabasi"daga faoliyati, termamizning raqiblari haqida gapirdi.

- Mana Qozog‘iston chempionatidigi dastlabki mavsumni o‘tkazyapsiz, moslashish jarayoni qanday kechdi?

"Hozircha hammasi a’lo. Birinchi davra yakuniga bitta o‘yin qoldi. Ikkinchi o‘rinda ketyapmiz, vazifamiz jiddiy. Chempionlikni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. 

"SAFA"dagi raqiblarga keladigan bo‘lsak, raqiblarni hurmat qilamiz, ammmo hech biridan qo‘rqmaymiz. Hozir hamma futbol o‘ynashni biladi. Muxlislar qarshisida o‘ynaymiz va bu albatta bizga kuch hamda motivatsiya beradi", -dedi Abdixoliqov.

Ma’lumot uchun, hali yig‘inga Eldor Shomurodov, Igor Sergeev, Ibrohimhalil Yo‘ldoshevlar kelib qo‘shilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!