
Boks. Ayollarimiz Bolgariyadagi xalqaro turnirda 8 ta medal qo‘lga kiritdi
Bolgariyada boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida tashkil etilgan VIII “Balkan” xalqaro musobaqasi yakunlandi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Hamyurtlarimizdan Aziza Yakubova (-50 kg) hamda Mavluda Mavlonova (-70 kg) finalda zafar quchib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan bokschilarimiz:
Oltin medal:
-50 kg: Aziza Yakubova
-70 kg: Mavluda Mavlonova
Kumush medal:
-48 kg: Farzona Fozilova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-63 kg: Xadichabonu Abdullaeva
-66 kg: Navbahor Hamidova
Bronza medal:
-57 kg: Sitora Turdibekova
Fikrlar