Asosiy mazmunga oʻtish

Boks terma jamoamiz a'zolari Xitoyda o‘quv- mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Tarkibimiz bilan tanishing

Terma jamoamiz a'zolari Xitoyda oʻquv- mashgʻulot yigʻinini oʻtkazadi

14–24 sentabr kunlari Xitoyning Sinьczyan avtonom okrugida boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a'zolari ishtirokida xalqaro qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkaziladi.

Yigʻin davomida sportchilarning texnik-taktik va funksional tayyorgarligi yanada oshirilib, xorijlik raqiblar oʻrganiladi. Shuningdek, yigʻin mobaynida terma jamoamiz toʻrtinchi “Belt and Road” xalqaro turnirida ham ishtirok etadi.

Mazkur yigʻin terma jamoa a'zolarining xalqaro maydondagi muhim musobaqalarga tayyorgarligini kuchaytirish, yuqori malakali bokschilarni shakllantirish hamda vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga xizmat qiladi.

Erkaklar:

Shodiyorjon Meliqoziev
Amirbek Ismoilov
Sayfiddin Sobirov
Abdulaziz Abdunazarov
Shoxrux Abdumalikov
Madiyar Daniyarov
Atxamjon Muxitdinov
Abdulaziz Joʻraqulov
Safarmurod Allaberganov
Samandar Xabibullaev
Gofurjon Ne'matov
Samir Sobirov
Shaxzod Polvonov
Ozodbek Aliev

Murabbiylar: Ramz Ahmedov, Yusufjon Tursunov, Ikrom Berdiev, Ozod Xasanov.

Ayollar:

Jasmin Tohirova
Sabina Boboqulova
Zilola Yusupova
Mushtariybonu Ibrohimjanova
Raxima Bekniyazova
Sevinch Xurramova
Aysanem Saruarova
Ruxshona Parpieva
Sobiraxon Shaxobiddinova

Murabbiylar: Bahodirjon Nuriddinov, Rustam Abilov.

Hakam: Asliddin Abdualimov

Bu haqida Oʻzbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q