Boks. U19 terma jamoamiz o‘z yurishini boshladi
Xabaringiz bor, Indoneziyaning Jakarta shahrida boks bo‘yicha U19 hamda U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Bugun U19 terma jamoamizdan yigitlar o‘z ishtirokini boshladi.
-60 kg vazndagi birinchi bahsda, hamyurtimiz Muhammadrizo Ukimov yaponiyalik Rio Matsumotodan 5:0 hisobida ustun keldi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
-65 kg vaznda yana bir vakilimiz Ibrohim Shokirjonov qozog‘istonlik Akjurek Kalabayga qarshi ringga ko‘tarildi. Afsuski, bokschimiz jang yakunida hakamlarning qarorlariga ko‘ra 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Bu haqida O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar