Boks. Yana 3 nafar vakilimiz medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi

  • 6 noyabr, 2022, 23:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Osiyo chempionatining erkaklar o‘rtasida -63,5 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Ruslan Abdullaev chorak finalda filippinlik Jeyms Palitsega qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

-67 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev esa chorak finalida hindistonlik Amit Kumarni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo‘l oldi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasida -48 kg vaznli bokschi qizimiz Farzona Fozilova chorak finalda iordaniyalik Sara Qavasmiga qarshi ringga ko‘tarildi va muddatidan oldin g‘alaba qozondi. U jang davomida raqibini 3 marotaba nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi. 3-raundga kelib, referi jangni to‘xtatishga qaror qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!