Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Bokschilarimiz Rossiyada g‘olib bo‘ldi

Zohir2018
Izohlar: 0

Ikki bokschimiz xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi

Rossiyada o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida boks bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnirda mezbonlardan tashqari O‘zbekiston, Armaniston hamda Polshadan kelgan charm qo‘lqop ustalari o‘zaro raqobatlashdi.

Mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini Fazliddin Erkinboev va Nurmuhammad Ismatullaev munosib himoya qildi.

Vazni 50 kilogrammgacha bo‘lgna Fazliddin so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida rossiyalik Nikita Averinni texnik nokautga uchratdi va oltin medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, 64 kilogrammgacha vaznda shohsupaga ko‘tarilgan Nurmuhammad esa mezbonlar vakili Kiril Kazakovni 5:0 hisobida final bosqichida taslim qildi.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Limar Minaliev mazkur turnirda hakam sifatida ishtirok etdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q