Bokschimizning qiyin jangi oldin medal bilan tugadi
Og‘ir to‘qnashuv bo‘ldi
O‘zbekiston terma jamoasi Budva shahrida (Chernogoriya) o‘tayotgan 2026 yildgi yoshlar o‘rtasidagi jahon boksi chempionatida o‘z g‘aznasiga oltin medal qo‘shib qo‘ydi.
O‘gil bolalar o‘rtasidagi 75 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasi finalida o‘zbekistonlik Suhrob Rahmatullaev Eron vakili Muhammad Solih Mesbahi bilan ringga ko‘tarildi. Qizg‘in kurashga boy jang hakamlarning bo‘lingan qaror bilan yakunlandi. Jang 3:2 hisobida Rahmatullaev foydasiga hal bo‘ldi.
Shu tariqa, Suhrob Rahmatullaev 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi World Boxing jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Uning g‘alabasi O‘zbekiston terma jamoasiga ushbu musobaqadagi birinchi oltin medalni taqdim etdi.
Chempionatda jami 69 ta milliy federatsiyadan 474 nafar bokser ishtirok etmoqda. Ular o‘nta erkaklar va o‘nta ayollar vazn toifasida medallar uchun bahs olib bormoqda.

Izohlar (0)