Bo‘ldi, “Manchester Siti” markaziy himoyachisini sotib olamiz!

  • 22.02.2026 12:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Italiya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Inter” jamoasi rahbariyati mavsum boshida “Manchester Siti”dan ijaraga olingan markaziy himoyachi Manuel Akanjini to‘liq transfer qilish huquqidan foydalanadigan bo‘ldi.

Insayder Nikolo Skiraning yangilangan xabariga ko‘ra, milanliklar 30 yoshli futbolchini 15 million yevro evaziga sotib olish bo‘yicha shartnoma bandini faollashtiradi.

Manbaning ta’kidlashicha, shveytsariyalik futbolchi A Seriya grandi bilan shaxsiy  shartnoma shartlarini kelishib olgan. Bitim 2028 yilning 30 iyunigacha amal qiladi (yana 12 oyga uzaytirish imkoniyati bilan), yillik maosh esa taxminan 3,75 million yevrodan iborat bo‘ladi.

Avvalroq, Manuel Akanjini sotib olish bandi “Inter” skudettоni qo‘lga kiritgan taqdirda majburiy kuchga kirishi haqida xabarlar tarqalgan edi, ammo klubda futbolchini natijalardan qat’i nazar jamoada qoldirishga qaror qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!