Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Borussiya» Bellingamga murojaat qildi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Jud Bellingem dubli bilan Angliya Norvegiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi va jahon chempionati yarim finaliga chiqdi.

2026 yilgi jahon chempionati chorak finalida Angliya terma jamoasi qo‘shimcha daqiqalarda Norvegiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. «Uch sherlar» tarkibidagi har ikki gol muallifi yarim himoyachi Jud Bellingem bo‘ldi. Uning ajoyib o‘yini va dublini sobiq jamoasi – Dortmundning «Borussiya»si ham e’tirof etdi.

«Jud, tabriklaymiz. Bu bayramona harakatni biz Dortmunddayoq ko‘rganmiz», – deya yozdi nemis klubi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ushbu g‘alabadan so‘ng angliyaliklar mundial yarim finaliga yo‘l oldi. Endi ular amaldagi jahon chempioni – Argentinaга qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv chorshanba, 15 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. 

Yarim finalning ikkinchi juftligida esa Frantsiya va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q