"Borussiya" Dortmund "Ayaks" posbonini qo‘lga kiritmoqchi

  • 3 fevral, 2021, 11:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Dortmund rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Roman Byurkining ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan norozi bo‘lmoqda va shu sababli ham, uning o‘rniga yangi posbon qidirishni boshlab yuborgan.

Tecno

Bild nashrining ma’lum qilishicha, nemis grandi bu borada “Ayaks” darvozaboni Andre Onanani ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Agar kamerunlik posbonni sotib olish imkoniyati bo‘lmasa, “Borussiya” Peter Gulachi ("RB Leyptsig") yoki Odisseas Vlaxodimosdan ("Benfika") birini qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi.

"Ayaks" 24 yoshli Onanani sotishni xohlamayapti, ammo futbolchi boshqa jamoaga o‘tish istagini bildirmoqda. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, Onananing transferi 36 mln evroni tashkil etadi.

Andre Onana joriy mavsum “Ayaks” safida jami 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 22 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!